DataLife Engine / Namanganda Suriyaga chiqib ketishga uringan yashirin guruh a’zolari qo‘lga olindi

Namanganda Suriyaga chiqib ketishga uringan yashirin guruh a’zolari qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar viloyat boshqarmalari tomonidan Suriyaga chiqib ketayotgan 10 nafar namanganlik yashirin guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Namangan shahrida tug‘ilgan “T.O.O”, “S.J.K.” va “L.U.J.”lar Rossiyadagi ish faoliyati davomida hozirda Suriyadagi “Tavhid va Jihod Katibasi” terroristik tashkiloti yetakchisi, namanganlik Nuriddin Kamolov (laqabi “Abu Muoviya”) ta’siriga tushib, Turkiya orqali Suriyaga chiqib ketishgan.

Ushbu shaxslar Namangan shahrida yashovchi 10 nafar yoshdan iborat yashirin guruh tuzib, ularni Suriyaga borib, terrorchilar safiga qo‘shilishga da’vat qilgan.

Qo‘lga olinganlar 1999—2004 yillar oralig‘ida tug‘ilgan yoshlar bo‘lib, ularning 4 nafariga nisbatan DXX tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Hozirda guruh a’zolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
6-10-2023, 20:07
Вернуться назад