Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonda 33 mingdan ortiq oila ajrashgan. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, O‘zA ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi oilaviy ajrashishlar sabab, joriy yilning o‘tgan 8 oyida 25 ming nafarga yaqin bolalar ota yoki onaning to‘liq mehridan bebahra qolmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga ko‘ra, oilaviy ajrimlarning asosiy qismi, er-xotinning oilaviy hayotga tayyor emasligi, farzandsizlik, uchinchi shaxs aralashuvi, uzoq vaqt birga yashamaganlik, moliyaviy qiyinchiliklar, xiyonat, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar iste’moli sababli kelib chiqqan.
Shuningdek, bugungi kunda O‘zbekistonda 9 mln 600 mingdan ziyod oila mavjud.