"Isroil hukumatining G‘azo sektori bo‘yicha ayrim qarorlari xalqaro huquqqa ziddir", dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda yig‘ilishidan keyingi bayonotida.
"Isroil o‘zini himoya qilish huquqiga ega, ammo bu xalqaro huquq, insonparvarlik qonunlari asosida amalga oshirilishi kerak", - deb iqtibos keltiradi BBC Borreldan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “elektr energiyasini uzish va tinch aholiga oziq-ovqat yetkazib berishni to‘xtatish kabi ba’zi harakatlar xalqaro huquqqa ziddir”.
Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari har ikki tomonni insonparvarlik qonunchiligini hurmat qilishga chaqirmoqda. "Bu G‘azoning tinch aholisi suv, oziq-ovqat va elektr energiyasidan mahrum bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatadi", dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari va Yevropa Ittifoqi HAMASni terrorchi tashkilot deb bilishini, ammo "falastinliklarning hammasi ham terrorchi emas"ligini ta’kidladi.
“Shuning uchun jamoaviy jazo adolatsiz va samarasiz bo‘ladi. Bu bizning manfaatlarimiz va dunyo manfaatlariga zid bo‘lardi”, — dedi Borrel.