O‘zbekiston SSR Qurilish vazirligi, Namangan va Samarqand viloyatlarini boshqargan Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi.
Namangan viloyati hokimligi uning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.
Nazir Rajabov 1939-yil 9-may kuni Buxoro viloyatida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo politexnika institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1978−1984-yillarda O‘zbekiston SSR qurilish vaziri lavozimida ishlagan. 1984−1987-yillarda Namangan viloyatini, 1987−1988-yillarda esa Samarqand viloyatini boshqargan.
“Shu davrlarda har ikki viloyatda ham keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda katta yutuqlarga erishildi”, — deyiladi Namangan viloyati hokimligi xabarida.
U SSSR Davlat mukofoti, O‘zbekiston SSR Davlat mukofoti kabilarga loyiq ko‘rilgan.