DataLife Engine / Har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko‘chatni mahallalarga tekinga tarqatadi

Har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko‘chatni mahallalarga tekinga tarqatadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish va “Yashil makon” kuzgi mavsumini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo'lib o'tdi. 

Yig‘ilishda aholining daraxt ekishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va rag‘batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Bandlik vazirligining Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari bundan buyon mahallalarni o‘ziga yo‘naltirilishi, ular esa bu mablag‘larni daraxt ekish, parvarishlash va tozalik tadbirlariga yo‘naltirishi ta’kidlandi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan ko‘chatni bepul yetkazib berish topshirildi. Bundan tashqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko‘chatni mahallalarga tekinga tarqatadi.

Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi ko‘karishini odamlarning o‘zi yaxshi bilishi, shu bois ko‘chat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi aytildi.
11-10-2023, 21:39
Вернуться назад