O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-118-sonli qaroriga asosan, Norin tumanida 136 ta ijtimoiy soha obyektlari DXSH asosida boshqarilishi hamda 68 tasini joriy yilda modernizatsiya qilinishi belgilangan.
Obyektlarda hisobot kuniga qadar quyidagi ishlar bajarilgan: Xususiy sherik, "NORIN GAZ-SEV MONTAJ" MCHJ, "SIFARLI TARMOQ XIZMAT" MCHJ, "BUILDING SERVIS INVEST" MCHJ, 68 ta obyektlardan 68 tasida (100%) taʼmirlash ishlari to‘liq yakunlangan.
Shuningdek, 68 ta muassasalarda 118 ta qozonlar o‘rnatish rejasidan amalda 44 ta (37 %) qozonlar o‘rnatilgan.
Jumladan,
Taʼlim obyektlarida:
51 ta obyektlardan 51 tasida (100%) taʼmirlash ishlari to‘liq yakunlangan,
51 ta muassasalarda 92 ta qozonlar o‘rnatish rejasidan amalda 36 ta (38%) qozonlar o‘rnatilgan.
Shuningdek, 51 ta muassasalarda 4736,4 tonna ko‘mir jamg‘arish rejalashtirilgan bo‘lib to‘liq (100%) jamg‘arilgan.
Tibbiyot obyektlari:
14 ta obyektlardan 14 tasida (100%) taʼmirlash ishlari to‘liq yakunlangan,
muassasalarda 16 ta qozonlar o‘rnatish rejasidan amalda 9 ta (56%) qozonlar o‘rnatilgan.
Shuningdek, 14 ta muassasalarda 1025,0 tonna ko‘mir jamg‘arish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1025,0 tonna, 100% jamg‘arilgan.
Sport obyektlari:
1 ta obyektlardan 1 tasida (100%) taʼmirlash ishlari to‘liq yakunlangan,
1 ta muassasalarda 5 ta qozonlar o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda qozonlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 1 ta muassasalarda 29,8 tonna ko‘mir jamg‘arish rejalashtirilgan va to‘liq taʼminlangan.
Madaniyat obyektlari:
2 ta obyektlardan 2 tasida (100%) taʼmirlash ishlari to‘liq yakunlangan,
1 ta muassasalarda 5 ta qozonlar o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda qozonlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 1 ta muassasalarda 20,8 tonna ko‘mir jamg‘arish rejalashtirilgan va to‘liq taʼminlangan.