Norin tuman hokimligi va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Norin tuman bo‘limi tashabbusi bilan Norin tumanidagi 2-sektor hududiga qarashli Qo‘shariq mahallasida yoshlar maʼnaviyati yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini yana-da kuchaytirish, aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Ko‘chma kutubxona" loyihasi tashkil etildi.
Loyiha davomida o‘quvchi yoshlar 50 dan ortiq o‘zbek, jahon va bolalar adabiyoti durdonalarini oldilar.