Norin tumanida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i N.Sarimsaqovaning sohada amalga oshirilayotgan ishlari va xotin-qizlarni muammolarini xal etilishi bo‘yicha hisobotida ma'lum qilishicha, 2023-yilning 9 oyi davomida tuman bo‘yicha jami 220 ta ajrim qayd etilgan bo‘lib, (2022-yilda 204 ta) o‘tgan yilga nisbatan 16 taga ko‘paygan.
Taqdim etilgan hisobotda keltirilishich ajrimlarning asosiy sabablariga nikohlanuvchilarning oilaga tayyor emasligi, farzandsizlik, uzoq vaqt bir oila bo‘lib yashamaganlik xisoblanadi.
Qayd etilishicha, ajrimlarning 30 yoshgacha bo‘lganlar soni 87 tani, eski ajrimlar soni 121 tani, yangi ajrimlar soni 99 tani tashkil etmoqda.
Ushbu holatlarni inobatga olgan holda tumadagi “Oqila ayollar” xarakati va “Oilaviy qadriyatlarni mustaxkamlash” komissiyasi aʼzolari ishtirokida ajrimlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.