Norin tumanida 175 200 ming nafar aholining 84 700 nafarini (49,7 %) xotinqizlar tashkil etadi. Shundan 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar 58759 nafarini
tashkil etadi.
Bugungi kunda 2004 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar mavjud bo‘lib, o‘rganishlar davomida 4682 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar 6 ta toifa bo‘yicha “Ayollar daftari” ro‘yxatga olingan.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 4682 nafar xotin-qizlarning ro‘yxatlari nomma-nom shakllantirildi va xalq deputatlari tuman Kengashlari muhokamasiga kiritilib,
tasdiqlangan bo‘lib, 2024 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, 178 nafari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar, 1206 nafari boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, 752 nafari ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan.
Shuningdek, 47 nafari uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar bo'lib, ularning 9 nafari uy-joyga muxtoj bo‘lgan xotin-qizlar, 38 nafari ijara kompensatsiya to‘lab beriladigan xotin-qizlar hisoblanadi.
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llabquvvatlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. 4682 nafar xotin-qizlardan 4333 nafari (92.5%) ning muammolari o‘rganilib, hal etilgan.
Jumladan, tegishli masʼullarni jalb etgan holda 161 nafar (90.%) tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan extiyojmand xotin- qizlarga imtiyozli kreditlar berildi, 1115
nafar (92 %) boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga turli xil yordamlar ko‘rsatildi, 1985 nafar (98.%) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarni
bandligi taʼminlandi, 690 nafar (92 %) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga tibbiy va moddiy yordamlar berildi, 47 nafar (100%) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotinqizlarni muammolari hal etildi (shu 38 nafar ning ijara konpensatsiyasi to‘lab berilmoqda), 335 (71%) nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ajratildi