Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum oxirida shartnomasi tugashiga qaramay, jamoada qolishi mumkin.
Jurnalist Eduardo Agirrening xabar berishicha, Anchelotti "Los-Blankos" lagerida qolish niyatida. Qayd etilishicha, italiyalikning o‘zi shu yil oxirigacha kelajagi haqida qaror qabul qilish vazifasini qo‘ygan.
Manbaga ko‘ra, 64 yoshli mutaxassis Braziliya terma jamoasi bilan hujjatlar imzolamagan. Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuv yo‘q.
Avvalroq Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi savollarga javob bermoqchi emasligini aytgandi.