Londondagi ikkita yahudiy maktabi Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan keyin antisemitizm kuchayishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Avvalroq Britaniyada antisemitizm bilan bog‘liq hodisalar soni ortgani ma’lum bo‘lgan edi.
“London shimolidagi ikkita yahudiy maktabi qimmatli farzandlarimiz xavfsizligi uchun o‘z eshiklarini yopmoqda”, — deyiladi nashrda.
Qayd etilishicha, maktablar 16-oktyabrda ochilishi rejalashtirilgan.