G‘azo sektoridagi kasalxonalar qulash arafasida turibdi – dori-darmonlar deyarli tugatildi, intensiv terapiya karavotlari yetishmayapti, bemorlar polda yotibdi.
Bu haqda Al Mayadeen telekanaliga Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf Al-Qudra ma’lum qildi.
Bir necha soat ichida anklavda tibbiy yordam to‘xtatilishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi u.
Mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida 1537 kishi halok bo‘lgan, 6,6 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.