DataLife Engine / Misr G‘azo sektoridan kelgan qochqinlarga o‘z hududiga kirishiga ruxsat berishi mumkin

Misr G‘azo sektoridan kelgan qochqinlarga o‘z hududiga kirishiga ruxsat berishi mumkin

Misr va Qo‘shma Shtatlar Falastinning G‘azo sektoridagi aholini undan Misr hududiga evakuasiya qilish imkonini beruvchi bitim tuzishga yaqin turibdi.

Bu haqda Misrning yuqori martabali mulozimiga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Avvalroq Misr G‘azo sektoridan tinch aholini evakuasiya qilish uchun gumanitar yo‘laklarni yaratish bo‘yicha har qanday takliflarni rad etgan va Isroil armiyasining anklavning shimoliy hududlaridan aholini evakuasiya qilish talabini rad etib, bu chorani xalqaro huquqning buzilishi deb atagan edi.
14-10-2023, 20:30
Вернуться назад