Hujumchi Krishtianu Ronaldu Yevro-2024 saralashi doirasidagi Slovakiyaga qarshi o‘yinda gol urdi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Ronaldu penaltidan gol urdi. Bu gol bilan 38 yoshli portugaliyalik o‘ttiz yillikda kamida 100 ta rasmiy gol urgan tarixdagi oltinchi futbolchiga aylandi. Undan oldin bu yutuqni Alfredo Di Stefano (1940-1960), Ferens Pushkash (1940-1960), Pele (1950-1970), Romario (1980-2000) va Lionel Messi (2000-2020) qo‘lga kiritgan.
Ronaldu 2000 yildan keyin 206 ta, 2010 yildan keyin 550 ta va 2020 yildan keyin 100 ta gol urgan.
Ronaldu faoliyati davomida "Sporting", "Manchester Yunayted", "Real", "Yuventus" va "An-Nasr" klublarida o‘ynagan.
Umuman olganda, u klubdagi faoliyatida 726 ta, Portugaliya terma jamoasida esa 124 ta gol urgan.