Termiz shahrida Xitoyda o‘tkazilgan Xanchjou—2022 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovga tadbirkorlar sovg‘a qilgan uch xonali uyning kalitini topshirdi.