Yoshlar-kelajagimiz. Ular ertamiz, millatimiz, milliy g‘ururimiz egalaridir.
Demak, bugun yosh avlod kamoloti yo‘lida tashlangan har bir qadam farzandlarimizning porloq istiqboli va jonajon O‘zbekistonimizning nurli ertasi yo‘lida qo‘yilgan odimlar hisoblanadi.
Shu o‘rinda eʼtirof etish joizki, Norin tumanida ham bu borada ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Norin tumani 1-sektor hududida joylashgan 7-sonli maktab binosida tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov ishtirokida “Tegirmonboshi” mahalla yoshlari bilan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Tuman hokimi bilan tashkil etilgan navbatdagi "Hokim va yoshlar uchrashuvi"da “Tegirmonboshi” mahallasi yoshlari tomonidan kredit, bandlik, tadbirkorlik va kasbga o‘qitish masalalari yuzasidan bildirilgan murojaatlari o‘z yechimini topdi.