Norin tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan Qishloq ayollari kuni munosabati bilan qishloq ayollariga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda 250 dan ortiq UZI, EKG, flyuorografiya, laboratoriya, viloyat KTTM tomonidan tashkil etilgan mobil avtomobil, hamda tor soha mutaxassislari tomonidan tekshiruvlardan o‘tdilar.
Tekshirish natijasida 6 nafar bemorlarga statsionar sharoitda davolanishlariga yo‘llanma, 51 nafariga ambulatoriya davolanishga, qolgan 200 nafardan ortig‘iga tibbiy maslahatlar berildi.