DataLife Engine / Norin tumanida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 248-son buyrug‘i asosida maktablarda yangi baholash tizimi joriy etildi

Norin tumanida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 248-son buyrug‘i asosida maktablarda yangi baholash tizimi joriy etildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023 yil 16- avgustdagi 248-son buyrug‘i asosida tumandagi 34 va 40- maktablarda Yangi baholash tizimi joriy etildi.

Bugun maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi  tomonidan  tumandagi 40-umumiy o‘rta taʼlim maktabida 45 ta umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktorlariga o‘quv–amaliy seminar o‘tkazilib, yangi baholash tizimi bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Ushbu treningda Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi M. Mirzakamolova va 40-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G.Turg‘unovalar tomonidan Yangi baholash tizimi qulaylik va imkoniyatlari to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tildi.

Hozirga vaqtda fan o‘qituvchilari tomonidan 1-BSB lar olinib mezon asosida baholash ishlari olib borilmoqda.
14-10-2023, 21:27
Вернуться назад