Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 2036 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari Hindistonda o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmadi.
“Hindiston Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishdan juda manfaatdor va ularni tashkil etish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi. Bu 1,4 milliard odamning azaliy orzusi, uni sizning qo‘llab-quvvatlashingiz va hamkorligingiz yordamida amalga oshirish kerak”, — deya Modi so‘zlarini keltiradi “TASS”.
Hindiston tarixda hech qachon bunday yuqori saviyadagi musobaqa o‘tkazmagan.
Meksika, Turkiya, Indoneziya va Polsha ham 2036 yilgi o‘yinlarni o‘tkazish uchun da’vogarlik qilmoqda.