Ekvadordagi prezidentlik saylovlarida Milliy demokratik harakat alyansi nomzodi Daniel Noboa g‘alaba qozondi, dedi Markaziy saylov komissiyasi rahbari Diana Atamaint.
"Ayni damda, 90% dan ortiq ovozlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Daniel Noboa 52,29%, Luis Gonsales - 47,71%. Bu ma’lumotlar qaytarib bo‘lmaydigan, Ekvador prezidenti Daniel Noboa", - dedi u.
Atamaintning bayonoti Milliy saylov kengashi tomonidan Twitter'da tarqatildi.