Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tunu kun ishlash tartibi bekor qilindi. Bu haqda kutubxona ma’muriyati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 20 oktyabr kunidan "Elektron o‘quv zali"da soat 08:00 dan 21:00 gacha xizmat ko‘rsatish davom etadi, tungi smenada xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, kutubxonada uzluksiz ishlash rejimi 2022 yilning 1 noyabridan yo‘lga qo‘yilgandi.