Germaniya hukumati Ukrainani tiklash uchun qo‘shimcha 200 million yevro ajratadi, deb xabar bermoqda DPA agentligi manbalarga tayanib.
Unga ko‘ra, yordam haqida Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi Yoxen Flasbart Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qilgan.
Mablag‘lar shahar infratuzilmasini tiklash, ichimlik suvi ta’minoti tizimlari, sog‘liqni saqlash va ta’lim loyihalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan, deb yozadi “TASS”.