DataLife Engine / “Navbahor” bahslarga yakun yasadi

“Navbahor” bahslarga yakun yasadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finalida Olmaliq shahrining “OKMK” va Namanganning “Navbahor” jamoalari final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida “Lochinlar” standart vaziyatdan hisobni ochdi. Jamshid Iskandarov jarima zarbasidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Raqib jamoasi bunga javoban tezkorlik bilan 14-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 28-daqiqada esa “Navbahor” posboni O‘tkir Yusupov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Martin Boake to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, gol urdi. 70-daqiqada esa namanganlik futbolchilarning hujumini bartaraf etish chog‘ida mezbonlar himoyachisi Akrom Komilov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmagach, bosh hakam jamoalarni “ekstra-taymlar”ga chorladi.

Qo‘shimcha daqiqalarda tomonlar maydonda ehtiyotkorlik bilan harakat qilgani uchun darvozalar daxlsizligi saqlandi. Natijada g‘olib nomi “penaltilar seriyasi”da aniqlandi. Penaltilar seriyasida “Navbahor” ustidan 6:5 hisobida g‘alaba qozongan “OKMK” klubi futbolimiz tarixida to‘rtinchi bor O‘zbekiston kubogi finaliga yo‘llanma oldi.

Endi final uchrashuvida O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish uchun “OKMK” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
22-10-2023, 14:03
Вернуться назад