Soliq Qo‘mitasi Axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan:
Soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra QQS, AOS, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq to‘lovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlaydi yoki hisobotni qayta ishlab, soliq organlariga taqdim etadi.
Ayrim soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi
Sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddati keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytiriladi (20.10.2023 y.).