DataLife Engine / Qirg‘izistonda hukumat rahbarini tanqid qilgan internet nashri faoliyati to‘xtatildi

Qirg‘izistonda hukumat rahbarini tanqid qilgan internet nashri faoliyati to‘xtatildi

Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi Nazarnews.org saytini ikki oyga to‘sib qo‘yishga qaror qildi. Bunday qaror qabul qilinishiga vazirlar kabineti raisi Aqilbek Japarov haqidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarning tarqatilishi sabab bo‘ldi, deya xabar beradi Kazinform.

Nazarnews.org saytida e’lon qilingan materialni tahlil qilgan agentlik vakillari internet maydoni monitoringi chog‘ida ushbu maqola Aqilbek Japarovning vijdoni va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadi, degan qarorga keldi.

Qirg‘iziston Respublikasining “Tasdiqlanmagan axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunidan kelib chiqib, vazirlik vakillari internet nashri vakillarini materialni olib tashlash zarurligi haqida ogohlantirdi. Tahririyat vakillari bu talabni bajarmagan. Shu munosabat bilan vazirlik vakillari materialni raqamli rivojlanish vazirligining aloqa sohasini nazorat qilish va tartibga solish xizmatiga majburan oldirib tashlatib, internet nashri faoliyatini ikki oy muddatga to‘xtatish to‘g‘risida qaror yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan Qirg‘izistonda “Tasdiqlanmagan ma’lumotlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mavjud. Mazkur qonun qabul qilinganidan buyon Respublika, “Ozodlik” radiosi, Kloop.kg va boshqalar kabi qator axborot vositalarining faoliyati to‘xtatildi.
22-10-2023, 18:20
Вернуться назад