DataLife Engine / Toshkentda metro poyezdi yana buzilib qoldi

Toshkentda metro poyezdi yana buzilib qoldi

Bugun, 23-oktabr kuni soat 09:46 lar atrofida Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida poyezd to‘xtab qoldi. Vaziyatga "Toshkent metropoliteni" izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shahriston metro bekatining aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.

Holat yuzasidan tezkor ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.

Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.
23-10-2023, 18:16
Вернуться назад