Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda 114,4 ming gektar maydonda kartoshka ekilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ekilgan kartoshka umumiy maydonining 22,3 % i fermer xo‘jaliklariga, 74,4 % i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,3 % i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.