DataLife Engine / O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan mamlakat tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Edmondo Chiriyelli bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, Edmondo Chiriyelli diplomatik missiya rahbarining besh yillik faoliyatini ijobiy baholagan va Italiya TIV nomidan ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ularga ko‘p qirrali va barqaror tus berish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.

“O‘tgan yillar davomida tashqi ishlar vazirliklari va boshqa qator idoralar darajasida siyosiy hamda institusional muloqotlar uchun mustahkam asos yaratildi. Ikki davlat parlamentlarida do‘stlik guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda, O‘zbekistonning 2 ta faxriy konsulligi tashkil Florensiya va Milanda tashkil etilgan, Italiyaning boshqa mintaqalarida ham faxriy konsulliklarni ochish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 10 dan ortiq yangi hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolangan. Huquqni muhofaza qilish, sanoat mulki, qishloq xo‘jaligi, madaniyat sohalaridagi bitimlar shular jumlasidandir.

Iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgan. Italiyaning Eni, Enel, Pietro Fiorentini, Danieli, Imagro Group, Ansaldo Energia, Ferroli, Arsenale kabi qator yirik kompaniya va korxonalari O‘zbekistonda sanoat-innovasion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish ortib borayotganini bildirmoqda. Ayni paytda Italiya bilan amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan loyihalar paketi 9 milliard yevrodan oshadi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston viloyatlari bilan Italiya hududlari o‘rtasida, xususan, Lombardiya, Toskana, Veneto, Umbriya, Kampaniya, Marke, Abrusso va Emiliya-Romanya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar faollashgan.
23-10-2023, 18:27
Вернуться назад