DataLife Engine / O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 saralashining so‘nggi bosqichiga chiqdi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 saralashining so‘nggi bosqichiga chiqdi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi kechagi uchrashuv yakunlariga ko‘ra Parij-2024 Olimpiadasining yakuniy saralash bosqichiga yo‘l oldi.

Xonda Minori shogirdlari 2-saralash bosqichi "S" guruhi 3-turi doirasida Hindistonga qarshi maydonga chiqib, 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Natijada ayollarimiz guruhda 6 ochko bilan 2-o‘rinni band etishdi.

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi guruhlarda 2-o‘rinni egallaganlar orasida eng yaxshi natija qayd etgani uchun 3-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ayollar futboli tarixida bunday natija ilk marta qayd etildi.

Hal qiluvchi bosqichga yo‘l olgan jamoalar:
Avstraliya
KXDR
Yaponiya
O‘zbekiston
2-11-2023, 10:47
Вернуться назад