DataLife Engine / O‘zbekiston Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 mln dollar ajratadi

O‘zbekiston Falastin xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 mln dollar ajratadi

1-noyabr kuni “Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam ko‘rsatish tadbirlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Agentlikka gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million AQSH dollari ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev 31-oktyabr kuni o‘tkazgan yig‘ilishda G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 million dollar ajratish haqida qaror qabul qilganini aytgandi.

“Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qatʼiy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — degan edi prezident.

2-11-2023, 10:53
Вернуться назад