DataLife Engine / Temir yo‘l chiptalari narxlari oshirildi

Temir yo‘l chiptalari narxlari oshirildi

Temir yo‘l chiptalari narxlari oshirildi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi tashish chipta narxlari 1-noyabrdan e’tiboran oshirildi.

Unga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 44% ga oshdi.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari:
Toshkent — Buxoro — Toshkent: VIP 530 000 so‘m, biznes 385 000 so‘m, ekonom 280 000 so‘m;
Toshkent — Qarshi — Toshkent: VIP 455 000 so‘m, biznes 325 000 so‘m, ekonom 235 000 so‘m;
Toshkent — Samarqand — Toshkent: VIP 330 000 so‘m, biznes 230 000 so‘m, ekonom 170 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-oktabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100% ga oshirilishi ma’lum qilingandi.
2-11-2023, 10:57
Вернуться назад