“Biz davolab bo‘lmaydigan yurak kasalligiga chalingan va genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa yuragi qo‘yilgan 58 yoshli Lourensning o‘limini e’lon qilamiz. U 20 sentyabr kuni operatsiya qilindi va deyarli olti hafta yashadi”, deyiladi xabarda.
Bemor 14 sentyabr kuni yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan tibbiyot markaziga yotqizilgan. Shifokorlar boshidanoq uni an’anaviy transplantatsiya usullari bilan operatsiya qilish mumkin emasligini tan olgan. Biroq 15 sentyabr kuni AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi bemorning umrini uzaytirishga yordam beradigan operatsiyaga shoshilinch ruxsat bergan.
Universitet bemorning yuragi transplantatsiya qilinganidan keyingi birinchi oyda juda yaxshi ishlaganini qayd etdi. Keyinchalik u fizioterapiya kursidan o‘tdi va yana yurishni o‘rganishga harakat qildi. Biroq, shifokorlar uning so‘nggi kunlarida yurak organizmni rad etayotganini payqagan.