DataLife Engine / Qirg‘iziston hukumati aholiga tuzni kamroq iste’mol qilishni o‘rgatmoqchi

Qirg‘iziston hukumati aholiga tuzni kamroq iste’mol qilishni o‘rgatmoqchi

Qirg‘iziston hukumati aholi tomonidan tuz iste’molini kamaytirish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Byubujan Arikbayeva matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Vesti.kg” axborot agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, osh tuzini ko‘p iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishiga sabab bo‘layotgan asosiy omil hisoblanadi.

Xususan, restoran va kafelarda stol ustiga tuzli idishlar qo‘yishni taqiqlash taklif qilinmoqda — ular faqat tashrif buyuruvchilarning iltimosiga ko‘ra taqdim etiladi.

Bundan tashqari, tarkibida tuz miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar uchun rangli kodlar joriy etish rejalashtirilmoqda – yashil, sariq va qizil ranglar iste’molchilarni sog‘liq uchun xavf tug‘dirishidan ogohlantiradi.

Shuningdek, Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan birgalikda nosog‘lom mahsulotlarga soliq solish va tarkibida bunday ziravorlar ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni markalash choralarini ishlab chiqmoqda.

Ushbu qadamlar tuzni ortiqcha iste’mol qilish bilan bog‘liq sog‘liq uchun xavflarni kamaytirishga qaratilgan.
2-11-2023, 11:04
Вернуться назад