DataLife Engine / Zelenskiy Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga qaror qildi

Zelenskiy Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga qaror qildi

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy mamlakatda prezidentlik saylovlarini kelasi yilning 31 martida o‘tkazishga qaror qildi. Tegishli bayonotni ukrainalik deputat Aleksey Goncharenko mahalliy "Espresso" telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy prezident devoniga saylovlarni konstitusiyaviy muddat ichida, birinchi bahor oyining oxirgi yakshanbasida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashni topshirgan.

Goncharenkoga ko‘ra, Ukraina hukumati bu qarorini G‘arb talablari bilan izohlamoqchi. Siyosatchining ta’kidlashicha, ukrainaliklar saylovlar o‘tkazilmasa, amaldagi prezident legitimligini yo‘qotadi, degan g‘oyani ilgari suradi.

Shuningdek, u kollektiv G‘arb Ukrainadan harbiy holat vaqtida prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni talab qilmasligi va bunday bayonotlar berilmaganini aytdi. Goncharenkoning ta’kidlashicha, bu qaror faqat prezident idorasining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan.

"Parlamentda ovoz berish mamlakat konstitutsiyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlangani uchun faqat prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi" - dedi deputat.

6-11-2023, 10:42
Вернуться назад