DataLife Engine / Boks bo‘yicha sobiq Yevropa chempioni Moskvadagi restoranlarning birida otishma sodir etdi

Boks bo‘yicha sobiq Yevropa chempioni Moskvadagi restoranlarning birida otishma sodir etdi

SHOT telekanalining xabar berishicha, kecha Moskvadagi Paulaner pivo restoranida boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasining sobiq a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Nikita Ivanov otishma sodir etdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, restorandagi mushtlashuv ikki nafar inson restoranning eshigi oldidan tortishib qolganidan keyin boshlangan. Natijada travmatik to‘pponcha ishga tushgan va hodisa natijasida to‘rt kishi jarohat oldi.

Nikita Ivanov birinchi marta shov-shuvli vaziyatga tushib qolgani yo‘q. U uch yil avval poyezdda boshqa bokschi Bassir Mirsiyabovni kaltaklagan va u kasalxonaga yotqizilgan. O‘shanda Ivanov mast edi.

37 yoshli Ivanov 2013 yilda Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan, ikki yil oldin u qit’a chempionatining kumush medali sovrindori bo‘lgan. Bokschi yarim og‘ir vazn toifasida (81 kg gacha) ishtirok etgandi.
6-11-2023, 10:45
Вернуться назад