DataLife Engine / Andijondagi “Muruvvat” uyida nogiron bolalar kaltaklandi

Andijondagi “Muruvvat” uyida nogiron bolalar kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘rg‘ontepadagi bolalar uyida bolalar kaltaklangani haqida video tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 12:05 larda Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir bo‘lgan.

Hozirda holatga qonuniy baho berish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.

Ushbu holat bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
6-11-2023, 10:49
Вернуться назад