DataLife Engine / HAMAS Misrdan G‘azoni aloqa va internet bilan ta’minlashni so‘raydi

HAMAS Misrdan G‘azoni aloqa va internet bilan ta’minlashni so‘raydi

Falastinning HAMAS harakati telefon aloqasi va internet ishlamay qolgan G‘azo sektoriga rouming xizmati ko‘rsatish iltimosi bilan Misrga murojaat qildi. Bu haqda radikallarning rasmiy Telegram-kanalida e’lon qilingan harakat vakili Fauzi Barxum bayonotida aytiladi.

"Terrorchi sionistik ishg‘ol G‘azo sektorida [telefon] aloqa va internetni uzib qo‘ydi. Biz Misrni Misr tarmoqlarida rouming xizmatlarini ochishga chaqiramiz", deyiladi bayonotda.

5 noyabr kuni Falastinning Paltel provayderi butun G‘azo sektorida telefon va internet xizmatlari yana ishlamay qolgani haqida xabar berdi . Xuddi shunday xabarni G‘azodagi aloqa xizmatlarining ikkinchi provayderi Javval ham e’lon qildi.

27-oktyabr kuni Falastin anklavida birinchi marta internet, simli va uyali aloqa to‘liq o‘chirilgani haqida xabar berilgan edi. Paltel va Javvalning aytishicha, Isroil havo hujumlari oqibatida aloqaga zarar yetganligi sababli xizmat ko‘rsatish endi mumkin emas. 31 oktyabr kuni xalqaro tashkilotlar G‘azoda qolganlar bilan bog‘lana olmayotganidan xavotir bildirganidan so‘ng aloqa tiklandi.
6-11-2023, 10:51
Вернуться назад