DataLife Engine / Bank kartalari 41 milliontadan oshdi

Bank kartalari 41 milliontadan oshdi

O‘zbekiston banklaridagi bank kartalari soni 41,3 milliontaga etdi. Bir yil ichida bank kartalari soni deyarli 10 mln donaga oshdi. Bu davrda bankomatlar soni 19,3 mingtadan 24 mingtaga ko‘paydi.

Shu tariqa mamlakatdagi har bir aholiga 1,1 ta bank kartasi to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirda aholi qo‘lidagi eng ko‘p bank kartalari quyidagi banklarga tegishli:
“Xalq banki” — 9 mln dona;
“Agrobank” — 4,3 mln dona;
“Ipoteka bank” — 3,6 mln dona.

Eng ko‘p bankomati bor banklar:
“Xalq banki” — 3,1 mingta;
“Agrobank” — 2,2 mingta;
“Kapitalbank” — 1,9 mingta.
6-11-2023, 10:53
Вернуться назад