Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida dunyoda tuberkulyozdan o‘lim ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgan.
Xususan, 2020-2022 yillarda sil xastaligi tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni avvalgi yillarga nisbatan 500 ming nafarga ko‘paygan.
O‘z navbatida, kasallanish holatlari ham ortgan. Masalan, 2021 yilda jahon bo‘yicha 10,3 million kishiga tuberkulyoz tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, o‘tgan yili 10,6 million odamda sil xastaligi aniqlangan.
Ro‘yxatga olingan bemorlardan 7,5 million nafari birinchi marta tuberkulyozga chalinganlardir. Bu — 1995 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.