DataLife Engine / O‘zbekiston va Xitoy Bosh prokurorlari hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Xitoy Bosh prokurorlari hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegasiyasi Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining yig‘ilishida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Xitoy Oliy xalq prokuraturasi Bosh prokurori In Yun bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildi. Shuningdek, uni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

Tadbir yakuni bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy idoralararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi o‘rtasida 2024 - 2025 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladi.

O‘z navbatida, tadbir ishtirokchilari ushbu hujjat O‘zbekiston va Xitoy prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini qayd etdi. Qo‘shma tadbirlar orqali uning amaliy faollashuviga turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv do‘stona muhitda va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.
8-11-2023, 10:37
Вернуться назад