G‘azo sektorida joylashgan barcha kasalxonalar keyingi 48 soat ichida ishlamay qolishi mumkin. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
Manbaga Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili bo‘lgan suhbatdoshining aytishicha, agar yordam zudlik bilan G‘azo sektoriga yetib bormasa, yaqin 48 soat ichida anklavdagi barcha shifoxonalar ishi to‘xtatiladi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel Bryusseldagi YEI kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida G‘azo sektoridagi 35 kasalxonadan 20 tasi ishlamay qolganini ma’lum qilgandi. Rasmiyga ko‘ra, G‘azodagi shifoxonalarning bir qismi butunlay vayron bo‘lgan.