“Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori 2024 yilda 2 mln aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha quyidagi tizim joriy etiladi:
⚫️aholi va tadbirkorlarni o‘qitish, loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish va shu orqali “oilaviy tadbirkor – mikro biznes – kichik biznes – o‘rta biznes” zanjiri yo‘lga qo‘yiladi;
⚫️“Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida kichik va o‘rta biznes loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
Shu bilan birgalikda yaqinda transformasiyaga uchragan quyidagi tashkilotlarda 2024–2026 yillar uchun keyingi maqsadli ko‘rsatkichlar (KPI) belgilanmoqda:
⚫️Biznesni rivojlantirish banki – 150 ming kichik tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga mas’ul bo‘ladi va buning uchun xalqaro moliya tashkilotlaridan 1,2 mlrd dollar jalb qilinadi va 300 mln dollar yevrobond chiqariladi;
⚫️Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi – o‘rta biznesni 2,5 baravarga (10 mingdan 25 mingga) oshirishga mas’ul bo‘ladi va buning uchun moliyaviy xizmatlar 8 trln so‘mdan 14 trln so‘mga yetkaziladi, 300 mln dollar yevrobond chiqariladi hamda 450 ta korxonaga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi beriladi.