Xitoy raisining kitobi o‘zbekchaga tarjima qilindi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Kitob nomi “Qashshoqlikdan xalos bo‘lish” deb tarjima qilingan.
Shavkat Mirziyoyev kitobga “Haqiqiy Xitoy mo‘jizasi” so‘zboshisini yozib, asarda Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurashdagi amaliy tajribasi chuqur tushuntirilganini ta’kidlagan.