Nikaragualik 23 yoshli Sheynnis Alondra Palasios Kornexo shanba oqshomida Markaziy Amerikada joylashgan Salvador davlatida finali bo‘lib o‘tgan xalqaro “Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibi sifatida tan olindi. 72-bor uyushtirilgan tadbir maxsus sayt orqali translyasiya qilindi, deb yozgan “Yulduz” (“The star”) nashri. Ikkinchi o‘rin Tailand vakili – 27 yoshli Antoniya Porsildga nasib etdi.
– Turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar, tashkilotchi va mehmonlarni qabul qilish sharafiga muyassar bo‘ldik, – dedi Salvador Prezidenti Nayib Bukele. – Bu voqea nimalarga qodirligimizni dunyoga ko‘rsatish imkonini berdi. Biz uchun uyg‘onish davrining bir qismi bo‘lgan anjumanni tanlaganingiz, mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
Har yili o‘tkaziladigan mazkur nufuzli tanlovda bu gal 80 dan ziyod davlatdan qizlar ishtirok etdi.
2024 yil “koinot go‘zali” Meksikada aniqlanadi.