Turkiya lirasining qadrsizlanishi to‘xtadi, endi valyutamizning dollarga nisbatan mustahkamlanishi ehtimoli yuqori, dedi chorshanba kuni Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an.
“Inflyasiyani susaytirishga qaratilgan dasturimiz lira aniq qiymatda baholanishiga ko‘maklashyapti”, - dedi u jurnalistlarga.
Etakchi ta’kidlashicha, hukumat konstruktiv islohot, sog‘lom iqtisodiy siyosat yuritib, sarmoyadorlar ishonchini qozonmoqda. Natijada liraning aniq kursi shakllanib, inflyasiya pasayishi kuzatilyapti.
Turkiya valyutasi yil boshidan buyon oyma-oy qadrsizlanib borayotgan edi, faqat avgustda ushbu ko‘ngilsiz fakt qayd etilmagan. Ayniqsa, iyun oyida lira dollarga nisbatan qiymatining, qariyb, chorak qismini yo‘qotdi. Moliya vaziri Mehmet Shimshek iyunda Markaziy bank pul-kredit siyosatini asta-sekin qat’iylashtirib borishini aytgandi.