DataLife Engine / BAA O‘zbekistondagi eng yaxshi davlat organlarini aniqladi

BAA O‘zbekistondagi eng yaxshi davlat organlarini aniqladi

Birlashgan Arab Amirliklari ekspertlari tomonidan O‘zbekistonning 17 ta vazirligi va ularning 85 nafar xodimini 8 ta nominasiya bo‘yicha baholash jarayoni yakunlandi. Bu haqida Hukumat portlai xabar berdi.

Toshkentda “O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari vaziri Muxammad al-Gergavi ishtirok etdi.

“Dastur davomida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri devonxonasining 36 nafar eksperti tomonidan respublikaning 17 ta vazirligi va ularning 85 nafar xodimlarini 8 ta nominasiya bo‘yicha baholash jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi”, — deyiladi xabarda.

Dastur ishtirokchilari “Namunali vazirlik”, “Eng yaxshi tashabbus” va “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishlarida hamda bir nechta individual kategoriya kesimida qatnashishdi.

“O‘zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi g‘olib va sovrindorlari

Namunali vazirlik
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
3-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi

Strategik maqsadlarni amalga oshirishda
1-o‘rin — Sog‘liqni saqlash vazirligi
2-o‘rin — Raqamli texnologiyalar vazirligi
3-o‘rin — Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi

Funksiya, xizmat va innovasiyalarni amalga oshirishda
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi

Integrasiyalashgan mexanizmlar sohasidagi namunali vazirlik
1-o‘rin — Adliya vazirligi
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin — Madaniyat vazirligi

Eng yaxshi tashabbus
1-o‘rin — “IT park” tashabbusi, “IT park” direksiyasi
2-o‘rin — “Yoshlar texnoparki” tashabbusi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi
3-o‘rin — “AKIS-qishloq ho‘jaligi xizmatlari” tashabbusi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Eng yaxshi loyiha
1-o‘rin — “Qishloq xo‘jaligi xoldinglarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish” loyihasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2-o‘rin — “Amu-Buxoro irrigasiya tizimini qayta tiklash” loyihasi, Suv xo‘jaligi vazirligi
3-o‘rin— “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

Namunali vazir o‘rinbosari
1-o‘rin — Sherzod Rabiyev, Adliya vaziri o‘rinbosari
2-o‘rin — Ilhom Norkulov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
3-o‘rin — A’zam Kadirhodjayev, Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari

Namunali boshqaruv xodimi
1-o‘rin — Jamshid Abduzuxurov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi
2-o‘rin — Anvar Raupov, Energetika vazirligi xodimi
3-o‘rin — Zarifjon Ashurov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi

Murojaatlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha namunali xodim
1-o‘rin — Jaloliddin Asamutdinov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi
2-o‘rin — Obidjon Mo‘minov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xodimi
3-o‘rin — Shaxbozbek Xakimov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi

Namunali ixtisoslashgan xodim
1-o‘rin — Sherimbetov Xalilulla, Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimi
2-o‘rin — Otabek Xaqberdiyev, Adliya vazirligi xodimi
3-o‘rin — Nosir Shukurov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi

Namunali hududiy boshqarma xodimi
1-o‘rin — Asror Rustamov,Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimi
2-o‘rin — Axtam Daliyev, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi xodimi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda davlat organlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash sohasida BAA va xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur Dasturda davlat organlari xodimlarining salohiyatini mustahkamlash, ma’muriy resurslarning maqbul taqsimlanishini ta’minlash, milliy strategik rivojlanish maqsadlariga erishish uchun idoralar orasidagi hamkorlikni takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
23-11-2023, 18:41
Вернуться назад