DataLife Engine / Tojikistonlik 32 yoshli fuqaro onasini 136 marta pichoq urib o‘ldirdi

Tojikistonlik 32 yoshli fuqaro onasini 136 marta pichoq urib o‘ldirdi

Tojikistonning Konibodom shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaro o‘z onasiga 136 marotaba pichoq urib uni o‘ta shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Tojikiston IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tojikiston IIVning So‘g‘d viloyati bo‘yicha matbuot kotibining ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan Shahriyor Normatov va uning 65 yoshli onasi Halimajon Normatova o‘rtasida joriy yilning 24 noyabr kuni janjal kelib chiqqan.

Tergovda qayd etilishicha, Normatov ayolga 136 marotaba pichoq urib o‘ldirgan hamda jinoyat izlarini yashirish maqsadida ayolning qonli kiyimini almashtirib, xonasiga olib borib, yotqizib, poldagi qonni yuvib, qotillik sodir etishda foydalangan pichoqni tozalagan.

Ona va o‘g‘il o‘rtasidagi mojaro sabablari ma’lum qilinmayapti, Shaxriyor Normatovning o‘zi tergov tadbirlari davomida onasi qanday vafot etgani haqida batafsil gapirib berdi.

"U pichoqni qo‘liga olib, meni urishmoqchi bo‘lib oldimga keldi. Lekin men uning qo‘lidan pichoqni olib qo‘ydim va bir marotaba yuziga urdim. Keyin qorniga, qo‘llariga, bo‘yniga, boshiga urdim. Keyin u yiqildi va vafot etdi. Ertasi kuni Normatov qarindoshlariga onasining kutilmaganda vafot etgani haqida xabar bergan, biroq ayolning qarindoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, uning bo‘ynida pichoq jarohatlari izlarini ko‘rib, ular "kutilmagan va to‘satdan o‘lim" haqidagi versiyaga ishonishmagan", - deydi jinoyachi.

Ma’lum bo‘lishicha, ruhiy kasallikdan aziyat chekkan va 1993 yildan beri mahalliy ruhiy shifoxonada ro‘yxatga olingani qayd etilgan.

Shaxriyor Normatovga nisbatan Tojikiston respublikasi JKning 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘ta shafqatsizlik bilan qotillik qilgani uchun uni 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi kutmoqda.
12-12-2023, 20:29
Вернуться назад