DataLife Engine / Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochiladi

Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochiladi

9 yanvar kuni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batseseg Batmonx xonim Mo‘g‘uliston parlamenti raisi Zandanshatar Gombojavga Buyuk Davlat Xuralining Mo‘g‘ulistonning O‘zbekiston poytaxti Toshkentdagi elchixonasini ochish to‘g‘risidagi qarori loyihasini taqdim etdi.

«Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik bozor hisoblangan va 35 milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va yengil sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi, shuning uchun biz sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish va diversifikasiya qilishda hamkorlik qilishimiz kerak. Bu milliy ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlarini hududda ommalashtirish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlarga ega mamlakatdir», deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd qilinishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich o‘sib bormoqda va 2022 yilda 10,4 million AQSh dollariga yetgan. Ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari hamkorlikda 2022 yilda Toshkentda Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasida ishbilarmonlik uchrashuvini tashkil qilgan.

Ta’kidlanishicha, Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasida 3 nafar doimiy xodim ishlashi rejalashtirilgan va tegishli xarajatlar mamlakatning 2024 yilgi byudjetiga kiritilgan.
11-01-2024, 13:47
Вернуться назад