Argentina terma jamoasi mamlakat prezidenti Xavyer Maylining taklifi tufayli xalqaro turnirlardan chetlatilishi mumkin, deb xabar bermoqda AS.
Manbaga ko‘ra, Mayli Argentina prezidenti etib saylanishi bilanoq “Shoshilinch zarurat to‘g‘risida”gi farmonda qayd etilganidek, milliy klublar sport aksiyadorlik jamiyatlariga aylanishi mumkinligini aytgan. Bu degani klub ishlariga bevosita davlat aralashishi mumkin.
Argentina sport konfederasiyasi (SAPR) bu taklifga qarshi chiqdi, chunki Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro futbol federasiyasi qoidalariga ko‘ra, hukumatning sport muassasalari faoliyatiga aralashuvi uchun qattiq jazolar nazarda tutilgan. Aralashuv tufayli Argentina terma jamoasi Amerika kubogi va Parijdagi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishi mumkin.