DataLife Engine / Yaponiya malikasi sirli kasallikka chalindi

Yaponiya malikasi sirli kasallikka chalindi

Yapon malikasi Kiko sirli kasallikdan aziyat chekmoqda. Shu sababli u 2023 yil dekabr oyidan boshlab oddiy ovqatlar iste’mol qilishni to‘xtatdi. Bu haqda mahalliy nashr xabar berdi.

Yaponiya Imperator xonadonlari idorasi malika kasallik tufayli odatdagidek ovqatlanishni butunlay to‘xtatganini ma’lum qildi. Malikaga kasallik bo‘yicha aniq tashxis qo‘ya olishmagan. Koronavirus va gripp uchun testlar salbiy natija bergan.

“Ehtimol, Kiko ishtahasi yomonligi sababini aniqlash uchun to‘liq tekshiruvdan o‘tishi kerak”, — deydi Mainichi nashri.

Malika Kiko imperator Akixitoning kenja o‘g‘li Akisitoing rafiqasi bo‘lib, 57 yoshda. Odatda yapon imperator oilasi a’zolari, ayniqsa, malikalar jamoat hayotida kam ishtirok etadilar. Imperator oilasining har bir a’zosi yapon jamiyati va uning an’analari uchun muhim timsoldir.
11-01-2024, 18:01
Вернуться назад